Articles
Published 2025-05-03
Keywords
- NLP, til modellari, statistik yondashuvlar, RNN, LSTM, transformer, UzBERT, BERTbek, ASR
Abstract
Hozirda sun’iy intellekt, xususan chuqur o‘rganish (deep learning) yutuqlari asosida yaratilgan til modellari inson tilini tushunish, qayta ishlash va yaratish borasida katta yutuqlarga erishmoqda. Til modellari – bu kompyuterlar yordamida inson tilini tushunish va undan samarali foydalanishga imkon beruvchi algoritmlar bo‘lib, ular matnlarni tahlil qilish, tarjima qilish, chatbot yaratish va boshqa ko‘plab vazifalarda ishlatiladi. Ushbu maqolada til modellarining NLPdagi o‘rni, ularning tarixiy rivojlanishi, texnik arxitekturasi, qo‘llanilish sohalari va ayniqsa, o‘zbek tiliga oid tadqiqotlar tahlil qilinadi.