Published 2025-05-03
Keywords
- imlo qoidalari, noleksik birliklar, avtomatik imlo tuzatish, tinish belgilari.
Abstract
Matndagi imloni avtomatik to‘g‘rilashga qaratilgan tadqiqotlar uchta bosqichma-bosqich murakkablashib boruvchi muammoga e’tibor qaratgan: so‘z bo‘lmagan xatoliklarni aniqlash; so‘z xatolarini tuzatish; kontekstga bog‘liq so‘zlarni to‘g‘rilash. Birinchi muammoda berilgan so‘zlar ro‘yxatida uchramaydigan qatorlarni aniqlash uchun samarali andoza moslashtirish (pattern-matching) va n-gramm tahlil usullari ishlab chiqilgan. Ikkinchi muammoda umumiy va maxsus ilovalarga mo‘ljallangan turli xil imlo tuzatish usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ayrimlari imlo xatolari qoliplarini batafsil o‘rganishga asoslangan. Uchinchisida esa tabiiy tilni qayta ishlash vositalari yoki statistik til modellaridan foydalangan holda bir nechta tajribalar o‘tkazilgan.
Ushbu maqolada imlo xatolari qoliplari bo‘yicha tadqiqot natijalari tahlil qilindi, matndagi avtomatik xatolarni tuzatishning barcha yo‘nalishi bilan bog‘liq tadqiqot masalalari muhokama qilindi.