Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILI MATNLARIDA TINISH BELGILARNI AVTOMATIK QO‘YISH

Published 2025-05-03

Keywords

  • Tinish belgilari, tinish belgilarini avtomatik tarzda qo‘yish (APR), so‘roq belgisi, vergul, modal so‘zlar, so‘roq yuklamasi.

Abstract

Tinish belgilarini avtomatik tarzda tiklash – matnning mazmunini to‘g‘ri anglash, gaplar chegarasini aniqlash va nutqni o‘qish jarayonini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, nutqni matnga aylantirish, ijtimoiy tarmoqlardagi punktuatsiyasiz yozuvlar va raqamlashtirilayotgan hujjatlar bilan ishlashda tinish belgilarining avtomatik aniqlanishi tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘zbek tili matnlarida tinish belgilarni avtomatik tiklash muammosi chuqur yoritilib, mavjud usullar tahlil qilingan. Xususan, transformer arxitekturasiga asoslangan BERT va ELECTRA modellarining samaradorligi, shuningdek, statistik va qoidaviy yondashuvlarning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda modal so‘zlar va so‘roq yuklamalari ishtirokidagi gaplar asosida Python dasturlash tilida amaliy tajriba o‘tkazilib, NLP jarayonida tilning semantik va sintaktik xususiyatlarini hisobga olgan holda tinish belgilarini aniqlashga qaratilgan fikrlar ilg‘or surilgan. Mazkur yondashuv natijalari esa kelgusidagi tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.