Published 2025-05-03
Keywords
- O‘zbek tili, dialektlar, sheva so‘zlar, izohli lug‘at, dialektologiya, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashina o‘rganish (ML), semantik tahlil, fonetik tahlil, morfologik tahlil, adabiy til, kompyuter lingvistikasi, raqamli lug‘at, algoritmlar, tizimli tasniflash, madaniy meros, til boyligi.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilining turli dialektlaridagi so‘zlarni tizimli ravishda tahlil qilish va izohli lug‘at yaratish uchun zamonaviy algoritmlar va metodlarni ishlab chiqish masalasi ko‘riladi. Bunda dialektal farqlarni aniqlash va tushunish uchun lingvistik (fonetik, morfologik, sintaktik) va texnologik yondashuvlar (semantik tahlillar) qo‘llanilish ahamiyati ko‘rib o‘tiladi. Bunda o‘zbek tili dialektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini saqlagan holda ularni adabiy tilga moslashtirish usullari, shuningdek, dialektlararo farqlarni avtomatik tarzda aniqlash va tasniflash uchun mashina o‘rganish va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari o‘rganiladi.
Natijada, yaratilingan izohli lug‘at nafaqat ilmiy tahlil va tadqiqotlar uchun, balki til o‘rganish va dialektal farqlarni o‘rganishga qiziquvchilar uchun amaliy resurs sifatida ham foydalidir.