Published 2025-05-03
Keywords
- sentiment tahlili, kam resursli tillar, tabiiy tilni qayta ishlash, lingvistik resurslar, belgilangan korpus, leksik-semantik lug‘at, hissiy toifa, annotatsiya, NLP infratuzilmasi, avtomatlashtirilgan tahlil.
Abstract
Kam resursli tillar uchun sentiment tahlili tizimlarini rivojlantirish tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasidagi dolzarb muammolardan biridir. Ushbu maqolada kam resursli tillarda, xususan, o‘zbek tilida sentiment tahlili uchun lingvistik ta’minot yaratish jarayoni tahlil qilinadi. Leksik-semantik lug‘atlar, belgilangan korpuslar va annotatsiya usullarini ishlab chiqish, so‘z va iboralarning polaritesini aniqlash hamda ularni avtomatlashtirilgan tahlil tizimlariga integratsiya qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda o‘zbek tilining morfologik va sintaktik o‘ziga xosliklari hisobga olinib, mavjud xalqaro sentiment resurslari bilan taqqoslash amalga oshiriladi. Shuningdek, kam resursli tillar uchun lingvistik ta’minotni yaratishning asosiy muammolari va ularni bartaraf etish strategiyalari muhokama qilinadi. Ushbu ish natijalari o‘zbek tili uchun sifatli sentiment tahlili tizimlarini yaratishga hissa qo‘shishi bilan birga, kam resursli tillar uchun NLP infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.