Published 2025-05-03
Keywords
- sentiment tahlil, tilga ishlov berish, emotsional tahlil, natural language processing (NLP), kross-til tadqiqotlari, semantika, tilshunoslik, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt, grammatik tahlil.
Abstract
Ushbu maqola kompyuter lingvistikasi sohasining bir yo‘nalishi bo‘lgan sentiment tahlili va uning jahon tilshunosligida o‘rganilishi masalalarini o‘rganadi. Kompyuter lingvistikasi inson tilini kompyuterlar yordamida tushunish va ishlov berishga qaratilgan ilmiy soha bo‘lib, sentiment tahlilining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Matndagi hissiy holatlarni aniqlash va ularni tasniflash orqali ko‘plab amaliy sohalarda, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, mijozlar sharhlari va boshqa matnlar ustida tahlil qilish mumkin. Maqolada sentiment tahlilining asosiy usullari va metodlari, shuningdek, bu tahlilning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bunda, tilning semantik xususiyatlari, kontekstual tahlil, va kross-til tadqiqotlarining muhimligi ta’kidlanadi.