Published 2025-05-03
Keywords
- WordNet, Semantik tahlil, So‘z ma’nosi aniqlash, Leksik-semantik tarmoq, Ontologiya, Synset, NLP, Ma’no munosabatlari.
Abstract
Tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) sohasida so‘zning aniq ma’nosini aniqlash – ya’ni, Word Sense Disambiguation (WSD) – dolzarb va murakkab vazifalardan biridir. Matn kontekstida bitta so‘z turli ma’nolarga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, qaysi ma’no aynan shu kontekstga mos kelishini aniqlash talab etiladi. WSD nafaqat tilni avtomatik tushunishda, balki tarjima, axborot qidiruvi va boshqa ko‘plab amaliy sohalarda ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda usullar asosan statistik yondashuvlar va mashinani o‘rganish algoritmlariga tayansa-da, ular katta hajmdagi belgilanganda ma’lumotlarga ehtiyoj sezishi va tilning murakkab semantik munosabatlarini to‘liq aks ettira olmasligi sababli cheklovlarga ega. Shu sababli, so‘nggi yillarda WordNet kabi boy leksik resurslardan, xususan uning bilimga asoslangan imkoniyatlaridan samarali foydalanish g‘oyasi ilgari surildi. Ushbu maqola WordNetning leksik semantik tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari, bilimga asoslangan yondashuvi va bu yondashuv asosida so‘z ma’nosini aniqlash uchun ishlab chiqilgan yangi algoritmik metodlarni tahlil qiladi.