Articles
Published 2025-05-03
Keywords
- So‘z birikmasi, boshqaruvli so‘z birikmasi, turg‘un birikma, erkin birikma, teg, POS teglash, omonimiya.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili matnlarida so‘z birikmasini avtomatik aniqlashning zarurligi va uning sintaktik tahlildagi ahamiyati o‘rganib chiqilib xulosa va fikrlar berildi. Bunda o‘zbek tili matnlarida so‘z birikmasini avtomatik aniqlashda omonimiya masalasi haqida fikr yuritildi. Maqolada boshqaruvli so‘z birikmasining nazariyasi o‘rganilib chiqildi va undagi omonimiya masalasi ko‘rsatildi. Boshqaruvli so‘z birikmasining teg va modellari ishlab chiqildi va uning ibora (turg‘un bog‘lanma) bilan omonimligi va farqlari haqida ham fikr va xulosalar berildi.