Published 2025-05-03
Keywords
- Mashinali oʻqitish yondashuvi, nazorat ostida o’qitish algoritmlar, soʻz ma’nosini aniqlash, kontekst, vazn.
Abstract
Ba’zi soʻzlar bir xil tarzda yozilib, turli kontekstda turlicha ma’nolarga ega. Insonlar intellektga ega boʻlib, ular turli kontekstlarda koʻp ma’noli soʻzlarning toʻgʻri ma’nosini osonlik bilan tushunadilar. Buni atrofdagi soʻzlar, ya’ni lokal yoki global kontekst yordamida amalga oshiradilar. Lokal kontekst target soʻzga yaqin bir nechta soʻzlarni anglatadi. Global kontekst esa noaniq soʻzga yaqin boʻlgan satrlar yoki paragraflarni ifodalaydi. Soʻz ma’nosini aniqlashda kontekst muhim ahamiyat kasb etadi. Mashinali oʻqitish yondashuvi asosida soʻz ma’nosini aniqlash kontekstga asoslanadi. Ushbu maqolada qaror roʻyxatlari algoritmi yordamida soʻz ma’nosini aniqlash haqida batafsil ma’lumot berilgan.