Published 2025-05-03
Keywords
- TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn, tokenizatsiya, vektorlashtirish, klasslar.
Abstract
Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti sun’iy intellekt (SI) sohasini jadal rivojlantirmoqda. Ayniqsa, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing — NLP) yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar turli sohalarda matn bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish va optimallashtirish imkonini bermoqda. Ilgari faqat inson aqli orqali bajarilgan matn tahlili, his-tuyg‘ularni aniqlash, tarjima, xulosa chiqarish kabi vazifalar bugungi kunda sun’iy intellekt yordamida yuqori aniqlikda amalga oshirilmoqda. Matn bilan ishlashda asosiy vazifa uni kompyuter tushunadigan shaklga keltirishdir. Buning uchun maxsus algoritmlar va modellardan foydalaniladi. Shu jarayonda TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn kabi SI kutubxonalari muhim o‘rin egallaydi. Ushbu kutubxonalar yordamida neyron tarmoqlarni o‘rgatish, mavjud modellarni sozlash va yangi yondashuvlarni sinovdan o‘tkazish mumkin.
Ushbu maqolada matnlarni qayta ishlash jarayonida sun’iy intellekt kutubxonalarining tutgan o‘rni, ularning imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, yetakchi tadqiqotchilar ishlanmalari asosida iqtiboslar keltiriladi va turli kutubxonalar taqqoslanadi.