Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

MATNDAGI IMLOVIY XATONI AVTOMATIK ANIQLASH USULLARI

Published 2025-05-02

Keywords

  • imlo xatosi, NLP, ASC, n-gramm, tahrir masofasi, xato turlari, qoidalarga asoslangan usul, lug‘at tekshiruvi.

Abstract

Bugungi raqamli muhitda matnlar bilan ishlashda imloviy xatolarni aniqlash va tuzatish muhim bosqichlardan biridir. Ayniqsa, tilshunoslik, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinaviy o‘rganish va sun’iy intellekt sohalarida bu jarayonlarning avtomatlashtirilgan bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Imloviy xatolarni aniqlash algoritmlari foydalanuvchilarga sifatli matnlar yaratishda yordam beradi, matn indeksatsiyasini yaxshilaydi hamda qidiruv tizimlari uchun optimal natijalarni ta’minlaydi. Matnni yozishda inson omili sababli yuzaga keladigan imloviy xatolar informatsion tizimlar, tilni qayta ishlash tizimlari va foydalanuvchi interfeyslarida muhim muammo hisoblanadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, chatlar, matnli izohlar (kommentariyalar) ko‘paygan sari, avtomatik tahlilga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

Imlo xatosi matnni tushunishni qiyinlashtiradi va undan ham yomoni, matnni qayta ishlash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalarida so‘zlarning normalizatsiya qilingan shakli talab qilinadi, chunki noto‘g‘ri yozilgan yoki noto‘g‘ri raqamlashtirilgan matnning informatsion qiymati pasayadi.Shu sababli, imloviy xatolarni avtomatik aniqlash va tuzatish texnologiyalari tilshunoslikda muhim yo‘nalishga aylangan. Texnologiyaning jadal rivojlanishi natijasida tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) sohasida katta yutuqlarga erishildi. Bu rivojlanish natijasida matnlarni avtomatik tekshirish va imloviy xatolarni aniqlash imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ushbu maqolada imloviy xatolarni aniqlash usullari va ularga oid tadqiqotlar tahlil qilinadi.