Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

YURIDIK MATNLARNI TAHLIL QILISHDA LINGVO-MANTIQIY YONDASHUVNING AHAMIYATI

Published 2026-05-30

Keywords

  • yuridik matn, lingvo-mantiqiy tahlil, implikatura, pragmatika, argumentatsiya, normativ matn, forensic lingvistika.

Abstract

Ushbu maqolada yuridik matnlarni interpretatsiya qilishda lingvo-mantiqiy yondashuvning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy matnlarning ma’nosi faqat grammatik shakl orqali emas, balki pragmatik va argumentativ omillar orqali ham shakllanishi asoslanadi. Yuridik kommunikatsiyada implikatura, nutq akti va argumentativ strukturaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, maqolada lingvistik hamda mantiqiy tahlilning integratsiyasi asosida yuridik interpretatsiyani chuqurroq tushunish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Normativ matnlardagi interpretativ noaniqlik bilan bog‘liq ayrim holatlar amaliy misollar asosida tahlil qilinadi.