Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

SAVOL GENERATSIYASIDA MATN TUZILISHI VA SAVOLNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA

Shahlo Xamroyeva
TSUULL
Bio

Published 2026-05-30

Keywords

  • savol generatsiyasi, matn tuzilishi, sintaktik tahlil, morfologik tahlil, semantik bog‘lanish, axborot markazi, o‘zbek tili, tabiiy tilni qayta ishlash.

Abstract

Mazkur tezisda savol generatsiyasi jarayonida matn tuzilishining o‘rni va savolni shakllantiruvchi asosiy lingvistik omillar tahlil qilinadi. Unda gapning sintaktik qurilishi, morfologik ko‘rsatkichlar hamda semantik bog‘lanishlarning savol hosil qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda savol generatsiyasi faqat deklarativ gapni so‘roq shakliga aylantirish jarayoni emas, balki matndagi axborot markazini aniqlash, uning grammatik va mazmuniy munosabatlarini to‘g‘ri talqin qilish bilan bog‘liq murakkab jarayon sifatida qaraladi. O‘zbek tilining agglyutinativ xususiyatlari savol shakllanishida morfologik tahlilning muhimligini ko‘rsatadi. Natijada sintaktik, morfologik va semantik omillarni kompleks tahlil qilish savol generatsiyasi sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslanadi.