Published 2026-05-31
Keywords
- o‘zbek tili, tarkibiy grammatika, constituency grammar, gap bo‘laklari, modellashtirish, iyerarxik struktura, NLP, sintaktik analizator.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili gap bo‘laklarini zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy grammatika (Constituency Grammar) modeli asosida modellashtirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada mazkur modelning nazariy asoslarini o‘zbek tili sintaktik qurilishiga tatbiq etilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘zbek tili kabi agglyutinativ tillarda gap bo‘laklarini iyerarxik konstituentlarga ajratishning afzalliklari va so‘z tartibi erkinligi bilan bog‘liq tizimli muammolar yoritib berilgan. Xulosa qismida tarkibiy grammatikaning o‘zbek tili sintaktik tahlilidagi o‘rni hamda tabiiy tilni qayta ishlash tizimlari uchun uning yutuq va kamchiliklari qiyosiy baholangan.