Articles
Published 2026-05-31
Keywords
- iboralar tarjimasi, mashina tarjimasi, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), parallel korpus, semantik moslik, lingvokulturologik xususiyatlar.
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasining eng dolzarb muammolaridan biri – iboralarni avtomatik tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tizimli tahlil qilinadi. NLP doirasida mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirish hamda parallel korpuslarni yaratish jarayonida iboralarning to‘g‘ri va mos tarjimasini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishiga qaramay, iboralarning ko‘chma ma’no qatlamlarini va milliy-madaniy bo‘yoqdorligini mashina tarjimasida toʻgʻri aks ettirish masalasi hamon murakkabligicha qolmoqda.