Published 2026-05-31
Keywords
- Polisemantik birliklar, WSD, statistik metodlar, mBERT, agglyutinativ tillar, semantik tahlil.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili kabi morfologik boy va agglyutinativ tillarda uchraydigan polisemantik birliklarni (WSD) avtomatik tahlil qilishning statistik hamda gibrid metodlari tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida an’anaviy statistik modellar (SVM) va zamonaviy kontekstual enkoderlarning (mBERT) polisemik so‘zlarni farqlashdagi imkoniyatlari hamda kamchiliklari o‘zaro qiyoslanadi. Agglyutinativ tabiatdagi o‘zbek tilida so‘z ma’nosining kelishik qo‘shimchalari, uslubiy registrlar va idiomatik birikmalar orqali o‘zgarishi statistik modellarning aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatiladi. Ochiq lingvistik modellarning integratsiyasi statistik modellarning aniqlik ko‘rsatkichini (F1) sezilarli darajada oshirishi va semantik noaniqliklarni tizimli hal etishi asosan dalillanadi.