Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILI FONOLOGIYASIDA URG‘UNI MODELLASHTIRISH

Shahlo Xamroyeva
TSUULL
Bio

Published 2026-05-31

Keywords

  • orfoepiya, urg‘u, avtomatlashtirish, nutq sintezi, grafema fonema, korpuslar.

Abstract

Maqolada o‘zbek tilining urg‘u tizimi fonologik va prosodik birlik sifatida tahlil qilinadi. Urg‘uning fonetik mohiyati, uning so‘z va gap darajasida bajaradigan vazifalari, shuningdek, dinamik va statik urg‘u tizimlari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Urg‘uning nutq madaniyati, lug‘atchilik va o‘zlashma so‘zlar talaffuzidagi o‘rni ko‘rsatilib, mavjud muammolar ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, maqolada urg‘uni kompyuter lingvistikasida, xususan, G2P (Grapheme-to-Phoneme) modellarida modellashtirish masalalari tahlil qilinadi.