Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

TASDIQ VA INKORNI IFODALOVCHI EMOJLARINING LEKSIK BIRLIK BILAN SEMANTIK IDENTIFIKATSIYASI

Published 2026-05-31

Keywords

  • Tasdiq kategoriyasi, inkor kategoriyasi, UGM, logika, NLP, mashinali o‘qitish, hukm, bo‘lishsiz fe’l shakli, nol shakl, inkor yuklamasi, modallar, so‘z-gap.

Abstract

Ma’lumki, tasdiq va inkor kategoriyasi falsafiy va mantiqiy qarashlardan yuzaga kelib, keyinchalik lingvistik jihatdan tadqiq etilgan. Xususan, tasdiq va inkor shakllari hamda ularning pragmati xususiyatlari ancha yillar oldin xorij tilshunoslari tomonidan turli xil yo‘nalishlarda o‘rganila boshlangan. Tasdiq-inkor kategoriyasi falsafa, mantiq va tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, u voqelikning eng muhim xususiyatlari va tomonlari hamda bilish qonuniyatlarini namoyon etadi. Shu boisdan tasdiq va inkorni anglatuvchi shakllarni tadqiq etish, ularni bugungi davr texnikasiga moslashtirish, mavjud shakllarni identifikatsiyalash muhim vazifalardan sanaladi. Hozirda ijtimoiy yozishmalar va aloqa munosabat jarayonida emojlardan unumli foydalaniladi. Fikrlar emojlar vositasida qisqa va lo‘nda ifodalanadi. Asosiy masala emojlarni matnning leksin va semantik tahlilida to‘g‘ri tahlil qilish sanaladi. Bu muammo ushbu tadqiqotda tasdiq/inkor shakllaridan emojlarni aynan leksik ifoda bilan identifikatsiya qilishga turtki berdi. Maqolamizda o‘zbek tilidagi yozishlamalarda qo‘llangan 25 ta emojlarning tasdiq/inkor ma’nosini anglatuvchi shakllari leksik identifikatsiya qilinishi ochib berildi. Tabiiy tilga muvofiqlashtirilgan emojlar bazasi avtomatik semantik tahlil va sentiment tahlillarda juda zarur hisoblanadi.