Abstract
Mazkur maqola o‘zbek tili morfologik tahlilining nazariy asoslari va uning tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasidagi zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan. Maqolada tilshunoslikning klassik metodlari va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilinib, agglyutinativ tillarga xos bo‘lgan omonimiya, o‘zak variativligi va murakkab so‘z shakllari tahlilidagi to‘siqlar ko‘rsatilgan. Tadqiqotda chekli holatlar texnologiyasi (FST), neyron tarmoqlari va katta til modellarining (LLM) o‘zbek tili morfologiyasini avtomatlashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada morfologik tahlil sifatini oshirish uchun lingvistik qoidalar va statistik modellarni birlashtirgan gibrid yondashuv hamda milliy annotatsiya standartini joriy etish zarurligi ilmiy asoslangan hamda o‘zbek tilining global raqamli ekotizimdagi nufuzini oshirishi dalilangan.