Published 2026-05-31
Keywords
- formal grammatika, bevosita tarkib toptiruvchi grammatika, tobelanish grammatikasi, sintaktik valentlik, semantik valentlik, aktant.
Abstract
Ushbu maqolada jahon tilshunosligida formal grammatika doirasida tilning sintaktik strukturasi va semantik bog‘liqligini modellashtirish jarayonida so‘zlar o‘rtasidagi valentlik munosabatlarining tadqiqi masalasi haqida fikr yuritiladi. Leksik birliklarning valentligi – bu uning boshqa so‘zlar bilan sintaktik va semantik aloqaga kirishish, gap strukturasida muayyan o‘rinlarni band qilish hamda nutqiy jarayonda mazmuniy butunlikni hosil qilish qobiliyatidir. Shuningdek, valentlikning nafaqat grammatik, balki chuqur semantik-sintaktik tabiatga ega ekanligi, tillarning formal modelini yaratishdagi ahamiyati, Tobelanish grammatikasida valentlik munosabatlarining o‘rni masalasi tahlilga tortilgan.