Published 2026-05-31
Keywords
- POS teglash, ot so‘z turkumi, o‘zbek tili, kelishik, egalik affiksi, ko‘plik, xos ot (PROPN), UzbekPOS, BBPOS, UD Treebank, agglutinativ morfologiya, kengaytirilgan tagset
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili birliklarini ot so‘z turkumini tuzilishiga ko‘ra avtomatik belgilash (POS tagging) masalasi chuqur ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilining agglutinativ morfologik tuzilishi kontekstida ot turkumining yasalish yo‘llari, grammatik kategoriyalari – kelishik (6 ta), egalik (shaxs-son), ko‘plik (-lar), aniqlik/noaniqllik – hamda xos ot (PROPN) bilan farqlash muammolari tahlil qilinadi. Ot so‘z turkumini teglashda yuzaga keladigan ko‘p ma’nolilik – xususan “olma” (NOUN: meva) va “ol-ma” (VERB: inkor) kabi holatlar – va ularni yechish yo‘llari muhokama etiladi. Kengaytirilgan ot tagset (NOUN + kelishik + egalik + ko‘plik + yasalish turi) taklif etiladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, BERT-asoslangan modellar ot turkumini 96.8% aniqlikda teglash imkonini beradi.