Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

JAHON TAJRIBALARIDA NERNI ANIQLASH METODLARI

Madina Samatboyeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Published 2026-05-31

Keywords

  • NLP, NER, axborot, metodlar, Information Retrieval, data-ma’lumot, matn tahlili.

Abstract

Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) sohasi, uning nazariy asoslari hamda amaliy yo‘nalishlari keng yoritiladi. NLP informatika va sun’iy intellektning muhim bo‘limi sifatida inson tilini kompyuterlar tomonidan tushunish va qayta ishlash imkonini yaratadi. Tadqiqotda NLP ning asosiy vazifalari sifatida axborotni indekslash, axborotni qidirish, matnlarni tasniflash, avtomatik tarjima, savol-javob tizimlari va matn generatsiyasi kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, axborot ekstraksiyasi (Information Extraction) va Named Entity Recognition (NER) texnologiyasining ahamiyati alohida ko‘rib chiqiladi. NER tizimlarining rivojlanish bosqichlari, qoidaga asoslangan va leksik yondashuvlari, shuningdek, CoNLL-2003 va WNUT-2017 kabi keng qo‘llaniladigan datasetlar tavsiflanadi. Tadqiqotda NER ning tuzilmagan matnlardan strukturaviy axborotni ajratib olishdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy NLP tizimlarining transformatsion arxitekturasi va ularning bosqichma-bosqich ishlash prinsiplari ham yoritilgan. Maqola natijalari NLP va NER texnologiyalarining zamonaviy axborot tizimlaridagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.