Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILIDA AVTOMATIK FONETIK TRANSKRIPSIYA TIZIMINI YARATISHDAGI MUAMMOLAR

Gulshahnoz Mahmudjonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Bio

Published 2026-05-31

Keywords

  • avtomatik fonetik transkripsiya, o‘zbek tili, orfoepik me’yor, grafema-fonema munosabati, urg‘u, o‘zlashma so‘zlar, sheva, fonologik modellashtirish.

Abstract

Maqolada o‘zbek tilida avtomatik fonetik transkripsiya tizimini yaratishdagi asosiy lingvistik va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Adabiy og‘zaki nutqni sheva va kundalik so‘zlashuv nutqidan farqlash, yozuv va talaffuz o‘rtasidagi tafovutlar, grafema-fonema nomuvofiqligi, urg‘u, o‘zlashma so‘zlar hamda dialektal variantlarning transkripsiya tizimiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, avtomatik transkripsiya oddiy harfma-harf o‘girish emas, balki orfoepik me’yor, fonologik qoidalar va kontekstga tayangan holda qurilishi zarurligi asoslanadi.