Articles
Abstract
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) zamonaviy kompyuter fanlari va lingvistika sohasi kesishmasida jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohada matnlarni avtomatik tahlil qilish, imloviy xatolarni aniqlash va tuzatish masalasi katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu maqolada n-gram til modeli va Damerau–Levenshteyin masofasiga asoslangan gibrid yondashuv yordamida kontekstual imlo tuzatish tizimi ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Taklif etilayotgan gibrid yondashuv boshqa faqat masofaga asoslangan usullarga nisbatan yuqoriroq aniqlik ko‘rsatdi.