Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHDA TO‘LDIRUVCHINING MODELLARI

Published 2026-05-31

Keywords

  • NLP, lingvistik model, to‘ldiruvchi, valentlik, sintaktik tahlil, BIO tagging, korpus

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida mavjud gap bo‘laklaridan ikkinchi darajali bo‘lak hisoblanmish to‘ldiruvchining modellari haqida so‘z yuritiladi. To‘ldiruvchining lingvistik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi va mazkur bo‘lakning sintaktik va semantik funksiyalari aniqlanib, umumiy modellar ishlab chiqiladi. Taklif etilgan modellar gap tuzilmasida ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘rni va o‘zaro munosabatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilining sintaktik tizimini chuqurroq anglashga, shuningdek, avtomatik sintaktik tahlil, morfologik analiz va tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarini yaratishda va til strukturasini umumiy modellarga tayangan holda baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.