Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

KINOYAVIY MA’NO IFODALOVCHI LEKSIK-FRAZEOLOGIK VA SINTAKTIK KO‘RSATKICHLAR

Published 2026-05-31

Keywords

  • kinoya, ironiya, leksik ko‘rsatkich, frazeologik birlik, sintaktik ko‘rsatkich, ritorik so‘roq gap, teskari ma’no, istehzo, uslubiy vosita, pragmatik ma’no.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida kinoyaviy ma’noni ifodalovchi leksik, frazeologik va sintaktik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Kinoya nutqda ijobiy shakldagi birliklar orqali salbiy, tanqidiy yoki istehzoli munosabatni yashirin tarzda ifodalovchi muhim stilistik vosita sifatida qaraladi. Maqolada leksik birliklarning teskari ma’no hosil qilishi, frazeologik iboralarning obrazli tanqidni yuzaga chiqarishi hamda ritorik so‘roq gaplarning sintaktik vosita sifatida kinoyaviy ma’noni kuchaytirish xususiyatlari yoritiladi. Amaliy misollar asosida kinoyaviy ma’noning matn(kontekst)da, nutq vaziyati va so‘zlovchining muloqot maqsadi bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari kinoyaning o‘zbek tilidagi uslubiy, semantik va pragmatik imkoniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.