Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

MATN DAVRINI AVTOMATIK ANIQLASH USULLARI

Published 2026-05-31

Keywords

  • matn davrini aniqlash, diaxronik lingvistika, kompyuter lingvistikasi, Transformer, TALM, LLM, o‘zbek tili korpusi, stilometriya, ekstralingvistik teglash.

Abstract

Ushbu tezis matni matnlarning yozilgan davrini avtomatik aniqlash masalasida qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlarni tahlil qiladi. Hujjatlarda aniq sanalar ko‘rsatilmagan hollarda, ularning davrini tilning diaxronik o‘zgarishlariga asoslanib topish mumkin. Tadqiqotda n-grammalarga asoslangan an’anaviy stilometriya, chuqur o‘rganish va katta til modellari samaradorligi qiyoslanadi. Shuningdek, o‘zbek tilining tarixiy bosqichlari (Qadimgi turkiy, Chig‘atoy, Zamonaviy o‘zbek tili) va milliy korpuslar yordamida mahalliy matnlar davrini tasniflash istiqbollari yoritilgan.