Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

MUALLIFLIK KORPUSINI SHAKLLANTIRISH VA RAQAMLASHTIRISH BOSQICHLARI: AMALIY PLATFORMA ASOSIDAGI YONDASHUV

Published 2026-05-31

Keywords

  • mualliflik korpusi, raqamlashtirish, konkordans, tokenizatsiya, o‘zbek tili, etimologik lug‘at, korpus lingvistikasi, metadata, statistik tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada mualliflik korpusini yaratish, uni raqamli muhitga moslashtirish va ilmiy-tahliliy foydalanish uchun tayyorlash bosqichlari ketma-ket yoritiladi. Tadqiqot amaliy jihatdan ishlab chiqilayotgan veb-platforma imkoniyatlariga tayangan holda bayon qilinadi: matnlarni yig‘ish va metadata bilan belgilash, formatlarni standartlash, tokenizatsiya va indekslash, konkordans qidiruvi, harf kesimidagi lug‘at ko‘rinishi, statistik panel, etimologik lug‘at moduli hamda media-integratsiya jarayonlari izchil tahlil qilinadi. Maqolada, ayniqsa, o‘zbek lotin yozuvidagi apostrof variantlarini (o‘/g‘) normallashtirish, PDF/TXT manbalaridan matn ajratish va korpus sifatini oshirishga qaratilgan texnik yechimlarning lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyati ochib beriladi. Natijada muallif uslubini, leksik qatlamni va vaqt bo‘yicha til dinamikasini raqamli metodlar asosida o‘rganish imkonini beruvchi korpus modeli taklif etiladi.