Published 2026-05-31
Keywords
- forensic linguistics, yurislingvistika, lingvo-mantiqiy ekspertiza, implikatura, inferensiya, presuppozitsiya, pragmatik tahlil, propositsional tahlil.
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek normativ-huquqiy matnlarining semantik va sintaktik xususiyatlari lingvo-mantiqiy ekspertiza nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ matnlardagi terminologik tizim, normativ modallik, umumlashtirilgan havola konstruktsiyalari, sintaktik noaniqlik, presuppozitsiya, implikatura hamda inferensial bog‘lanishlar o‘rganiladi. Shuningdek, “yig‘im” va “davlat boji” tushunchalari misolida normativ birliklarning ichki mantiqiy qurilishi va huquqiy interpretatsiyasi tahlil qilinadi. Maqolada normativ-huquqiy matnlarni faqat leksik-semantik emas, balki pragmatik va mantiqiy jihatdan ham tadqiq etish zarurligi asoslanadi. Lingvo-mantiqiy ekspertiza yuridik diskursni tahlil qilishning integrativ metodologik modeli sifatida talqin qilinadi.