Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILIDA SIMPTOMLAR ASOSIDA KASALLIKNI ANIQLASH MODELI

Botir Elov
Tashkent State University named after Alisher Navoi University of Uzbek language and literature
Bio

Published 2026-05-31

Keywords

  • kompyuter lingvistikasi, tabiiy tilni qayta ishlash, tibbiy matnlar, simptomlar, kasallikni aniqlash, sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi bemor shikoyatlari va simptomlari asosida kasalliklarni aniqlashga mo‘ljallangan kompyuter modeli ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi tibbiy matnlarni avtomatik tahlil qilish va bemor simptomlari asosida ehtimoliy kasalliklarni aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) texnologiyalari, matnlarni oldindan qayta ishlash usullari hamda mashinaviy o‘rganish algoritmlaridan foydalaniladi. Matnlardan simptomlarni aniqlash, ularni tasniflash va kasalliklarni klassifikatsiya qilish uchun maxsus model taklif etildi. Taklif etilayotgan model bemor shikoyatlaridan muhim tibbiy ma’lumotlarni ajratib olish hamda simptomlar asosida kasalliklarni aniqlash orqali samarali natijalar beradi. Mazkur tadqiqot o‘zbek tilida tibbiy matnlarni avtomatik tahlil qilish va intellektual diagnostika tizimlarini yaratish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.