Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

SAVOL–JAVOB TIZIMINING LINGVISTIK VA TEXNOLOGIK MODELI

Published 2026-05-31

Keywords

  • savol-javob tizimi, huquqiy NLP, lingvistik model, texnologik model, BM25, semantik moslik, o‘zbek tili.

Abstract

Mazkur tezisda o‘zbek tilida huquqiy savol-javob tizimini yaratish uchun lingvistik va texnologik model taklif etiladi. Huquqiy matnlar rasmiylik, normativlik, terminologik aniqlik, murakkab sintaktik tuzilma va mantiqiy izchillik kabi xususiyatlari bilan oddiy matnlardan farq qiladi. Shu sababli bunday matnlar bilan ishlovchi savol-javob tizimi faqat kalit so‘zga asoslangan qidiruv bilan cheklanmasligi, balki, savolni lingvistik tahlil qilish, huquqiy terminlarni aniqlash, matn segmentlarini ajratish, semantik moslikni baholash va javobni manbaga tayangan holda shakllantirish bosqichlarini o‘z ichiga olishi zarur. Tadqiqotda lingvistik tahlil, BM25 asosidagi qidiruv, transformer modellarga asoslangan semantik moslashtirish va qoidalarga asoslangan yondashuv komponentlarini birlashtiruvchi model taklif etiladi.