NEYRON TARJIMA TIZIMLARIDA (GOOGLE VA YANDEX) POLISEMANTIK SO‘ZLARNING TARJIMA ANIQLIGINI BAHOLASH
Published 2026-05-31
Keywords
- neyron mashina tarjimasi, polisemantik so‘zlar, semantik moslik, tarjima adekvatligi, kontekst, embedding, Google Translate, Yandex Translate, tarjima sifati, lingvistik tahlil
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy neyron mashina tarjimasi tizimlari Google Translate va Yandex Translate misolida polisemantik so‘zlarning tarjima aniqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘zbek tilidagi ko‘p ma’noli birliklar turli kontekstlarda ingliz va turk tillariga tarjima qilinib, ularning semantik mosligi, adekvatligi hamda aniqlik darajasi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neyron tarjima tizimlari denotativ ma’nolarni yuqori aniqlikda yetkazib bera oladi, biroq ko‘chma va metaforik ma’nolarni tarjima qilishda, ayniqsa kuchli kontekstga bog‘liq holatlarda, muayyan xatoliklar yuzaga keladi. Shuningdek, tadqiqot NMT tizimlarida kontekstni chuqur anglash muammosi hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.