Articles
Published 2026-05-31
Keywords
- huquqiy diskurs, savol-javob tizimi, lingvistik model, agglyutinativ til, semantik moslik, NLP.
Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi huquqiy diskursning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinib, shu asosda savol-javob (Question Answering – QA) tizimlari uchun lingvistik model taklif etiladi. Huquqiy matnlarning normativligi, terminologik aniqligi va sintaktik murakkabligi ularni avtomatik qayta ishlashda muhim omil hisoblanadi. O‘zbek tilining agglyutinativ tabiati esa savol va javob o‘rtasidagi moslikni aniqlash jarayonini yanada murakkablashtiradi. Tadqiqot natijasida huquqiy savol-javob tizimlari uchun model ishlab chiqildi. Ushbu model o‘zbek tilida huquqiy QA tizimlarini yaratishda nazariy asos sifatida xizmat qiladi.