Articles
SUD MAJLISLARI VA HUQUQIY MASLAHATLAR UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN O‘ZBEK TILI PROTOKOLLASHTIRISH TIZIMI
Published 2026-06-01
Keywords
- nutqni aniqlash, STT, o‘zbek tili, sud protokoli, NLP, Whisper, yuridik terminologiya, ma’lumotlar maxfiyligi.
Abstract
Ushbu maqolada sud majlislari va huquqiy maslahatlar jarayonlarini avtomatik protokollashtirish (Legal STT) uchun o‘zbek tiliga moslashtirilgan tizim ishlab chiqishning nazariy asoslari, texnologik yondashuvlari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Transformer arxitekturasiga asoslangan nutqni matnga aylantirish (STT) modellari, maxsus yuridik terminologiyani qayta ishlash algoritmlari va ma’lumotlar maxfiyligi talablari ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari o‘zbek tili uchun ixtisoslashtirilgan STT tizimi sud ishi yuritishining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.