Published 2026-01-06
Keywords
- ko‘p qatlamli annotatsiyalash, o‘zbek akademik korpusi, imloviy-grafik tahlil (IML), funksional-uslubiy tahlil (USL), terminologik annotatsiya (TER), span annotatsiyasi, annotatsiya sxemasi.
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek akademik yozuv korpusidagi nomuvofiqliklarni belgilash uchun ko‘p qatlamli annotatsiyalash sxemasi taklif etiladi. Sxema uchta asosiy funksional sinf – imloviy-grafik (IML), funksionaluslubiy (USL) va terminologik (TER) – asosida qurilgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ichki teglar, dalil manbai va tahrir maqomi bilan ta’minlanadi. Annotatsiya birligi nafaqat til shaklini, balki me’yoriy asos, kontekst, tavsiyaning majburiylik darajasi va semantik xavfni ham qamrab oladi. Maqolada yettita sathdan iborat ma’lumot modeli, annotatsiya yozuvining asosiy maydonlari, span chegaralash konventsiyalari hamda annotatsiyalash yo‘riqnomasi va qaror daraxti tavsiflanadi. Taklif etilayotgan sxema keyingi avtomatik model uchun ishonchli lingvistik referens qatlamni shakllantirishga xizmat qiladi.