Published 2023-04-29
Keywords
- kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt, BORIS tizimi, kompyuter dasturlari ishlash prinsipi, savol-javob tizimi, START, METAKOP (sabab zanjiri), PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joyda ikkinchi joyga ko‘chishi), ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega bo‘lishi), ATTEND (voqeaga turtki bo‘lgan holat), PROPEL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish), ATB (affektiv mazmunli bloklar, insonning psixologik holati).
Abstract
Maqolada sun’iy intellekt va uning fan sohalarida, xususan, kompyuter lingvistikasida qo‘llanishi haqida so‘z yuritilgan. Matnni avtomatik tahrirlash va matn ustida ishlash amallarining sun’iy intellekt asosidagi tizimlari, xususan, darak gaplardan iborat matnlarni avtomatik tahlil qilish tizimi (BORIS)ning ishlash prinsiplari bayon qilingan. Matn mazmunini o‘zlashtirishda, matn osti ma’nolarini anglashda, presuppozitsiyalarni aniqlashda sun’iy intellekt asosidagi BORIS tizimining o‘rni ko‘rsatib berilgan. O‘zbek tilidagi matnlar asosida ishlaydigan sun’iy intellektlarning yaratilishi bu tilni kompyuter dasturlari tiliga aylantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.