Vol. 1 No. 1 (2023): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

NLP VAZIFALARI VA YO‘NALISHLARI

Adilova Munojot
Mustaqil tadqiqotchi
Bio

Published 2023-04-30

Keywords

  • tabiiy tilni qayta ishlash, NLP, NER, PoS-tagger, teglash, modellashtirish, tabiiy til generatsiyasi.

Abstract

Kompyuter lingvistikasi tilga oid muammolarni yechish bo‘yicha dasturlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) ancha murakkab jarayon hisoblanib, unda ijtimoiy tabiatga ega tilning barcha hodisalari, umumiy va xususiy jihatlari, istisnoli holatlari, fonetik, morfologik, leksik, grammatik, semantik va hatto orfoepik xususiyatlarini e’tiborga olish muhim sanaladi. Mazkur maqolada matnlarni kompyuter tahlili jarayonidagi ahamiyati, NLPning vazifalari va muammolari haqida so‘z yuritiladi, shuningdek, NLPga to‘siq bo‘luvchi omillar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tilgan. Tabiiy til matni yoki ovozli ma’lumotlarga mo‘ljallangan, ma’nosini aniq belgilaydigan dasturiy ta’minotni yaratishdagi tildagi qiyinchiliklarni bartaraf etish vazifaliri ham sanab o‘tilgan.