Articles
Published 2024-05-22
Keywords
- semantik teglash, ko‘p vazifali o‘qitish, toʻliq taqsimlangan tarmoq, qisman taqsimlangan tarmoq, so‘z turkumini teglash
Abstract
Mazkur maqolada ko‘p vazifali o‘qitish (Multi-task learning) turkumiga kiruvchi semantik teglashdan foydalanish usullari tahlil qilingan. Tabiiy tilni qayta ishlashning uchta turli vazifasi, jumladan, so‘z turkumini teglash, universal bog‘liqlikni tahlil qilish va semantik teglashdan yordamchi vazifa sifatida foydalanish tavsiflangan. To‘liq neyron tarmoq, qisman neyron tarmoqda o‘qitish va vazifalar o‘rtasida salbiy o‘tkazish ehtimoli kamroq bo‘lgan tizimlarni o‘qitish usullari taqqoslangan.