Published 2024-05-22
Keywords
- Tabiiy Til Jarayonlari (TTJ), korpus, korpus tahlili, lingvistik manba, lemma, lemmalash, O‘zbek tili.
Abstract
Til resurslari Tabiiy Til Jarayonlari (TTJ) vazifalarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi va tadqiqotchilarga katta hajmdagi matnlarni samarali tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu maqolada biz korpus tahlili va lemmalash uchun moslashtirilgan lingvistik manba yaratishga kompleks yondashuvni taqdim etganmiz. Biz korpus lingvistikasida lingvistik manbalarning ahamiyatini muhokama qilganmiz va korpus yaratish jarayonini tasvirlaganmiz. Bundan tashqari, biz lemmalash tushunchasini va uning lingvistik tahlildagi ahamiyatini ko‘rib chiqqanmiz. Maqolada korpus tahlili uchun lingvistik manbalarni yaratish bosqichlari ko‘rsatilgan va lemmalash usullari haqida tushuncha berilgan.