Published 2024-05-22
Keywords
- o‘zbek tili, so‘z turkumi, morfologik tahlil, so‘zning asosi, ma’lumotlar bazasi, lug‘at, affikslar, dasturiy ta’minot.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi so‘zlarni morfologik tahlil qiluvchi dasturdan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Matnlarni tahlil qiluvchi avtomatik analizatorni yaratishda dastlabki bosqich sifatida o‘zbek tilining elektron morfologik lug‘atini yaratish masalasi qo‘yiladi. Unga ko‘ra, har bir so‘zning qaysi so‘z turkumiga xosligining aniq statistikasi ko‘rsatiladi. Har bir leksemaning muayyan morfologik xususiyatlari jadvallarda aks etadi. Undan keyin leksemalar so‘z turkumlari bo‘yicha to‘plamlarga birlashadi. To‘plamlarga ajratishda leksemalarning umumiy semantik, qolaversa, formal jihatlari inobatga olinadi.
To‘plamlarga ajratilgan har bir so‘zga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar kombinatsiyasi aniqlanadi. Undan oldin barcha qo‘shimchalar funksional belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linib, ularning o‘zbek tilidagi barcha mumkin bo‘lgan mantiqiy
bazasi shakllantiriladi.