Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

XORAZM SHEVASIDAGI MATNLARNI O‘ZBEK ADABIY TILIGA O‘GIRISH DASTURINI YARATISHNING AMALIY AHAMIYATI

Zilola Xusainova
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
Bio

Published 2025-05-03

Keywords

  • Dialektal korpus, Xorazm shevasi, NLP, mashinali o‘qitish, lingvistik o‘zgartirish.

Abstract

Bugungi kunda tilshunoslikda hududiy shevalarning tizimli o‘rganilishi va elektron resurslar shaklida saqlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Xorazm shevasi o‘zining fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan umumiy adabiy o‘zbek tilidan sezilarli farq qiladi. Xorazm shevasi korpusining yaratilishi o‘zbek tilining dialektologik xilma-xilligini saqlash va o‘rganishda muhim qadam hisoblanadi. Korpus yaratish jarayonida audio yozuvlar, transkripsiyalar va matnli ma’lumotlar tizimli ravishda yig‘ilib, ularni annotatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Matnlar turli manbalardan (suhbatlar, folklor namunalari, sheʼriy va nasriy
asarlar, audio yozuvlar) toʻplanadi, ularning lingvistik va etnografik jihatlari belgilanadi. Ushbu maqolada Xorazm shevasidagi matnlarni o‘zbek adabiy tiliga avtomatik tarzda o‘girish imkoniyatlarini tadqiq etish va bu yo‘nalishda dasturiy ta’minot yaratish masalasi ko‘rib chiqiladi.