YORDAMCHI SOʻZLARNING QOʻLLANISH DAVRIGA KOʻRA SARALOVCHI LINGVISTIK TA’MINOT VOSITASINI TUZISH MASALALARI.
Опубликован 2025-05-03
Ключевые слова
- grammatik shakl, grammatik ma’no, til tarixi, leksik oʻzgarishlar, grammatik evolyutsiya, mashina tarjimasi, lingvistik davrlashtirish.
Аннотация
Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi yordamchi soʻzlarning tarixiy rivojlanishi, ularning turli davrlardagi qoʻllanilishi va oʻzgarish jarayonlari tahlil qilinadi. Oʻzbek tilining shakllanishidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan davr mobaynida yordamchi soʻzlarning ma’lum qismining iste’moldan chiqishi, ayrimlarining esa yangi shakllarda paydo boʻlishi lingvistik va ijtimoiy omillar bilan bogʻliq ekani koʻrsatiladi. Maqolada arab, fors va Yevropa tillarining ta’siri ostida yordamchi soʻzlar tizimining qanday oʻzgarishlarga uchragani tarixiy manbalar asosida oʻrganilgan. Ushbu tadqiqot natijalari mashina tarjimasi, tarixiy tilshunoslik
hamda zamonaviy leksikografiya sohalarida qoʻllanilishi mumkin.