Том 1 № 1 (2025): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

MATNNI PERIFRAZ QILISH

Botir Elov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Биография

Опубликован 2025-05-03

Ключевые слова

  • perifraza, XX asr, tasviriy, lingvistika, akademik yozuv, uslub, tilshunoslik, APA uslubi, MLA uslubi, plagiat, iqtibos, faol gaplar(aniq nisbat), passiv gaplar(majhul nisbat), Specific gap(aniq gaplar), general gap(umumiy gaplar), sinonimlar, tasviriy ifodalar, frazeologizmlar, QuillBot

Аннотация

Maqolada perifraz tushunchasi va uning lingvistik xususiyatlari keng yoritilgan. Perifraz – so‘z yoki iboralarning semantik jihatdan qayta shakllantirilishi bo‘lib, u matnning ifodalilik darajasini oshirish, plagiatdan qochish va tushunarli bayon qilish uchun ishlatiladi. XX asr tilshunosligida perifraz fenomeni turli yondashuvlar orqali tadqiq qilingan bo‘lib, uning nominativ, ekspressiv, tasviriy va uslubiy funksiyalari aniqlangan. Shuningdek, maqolada perifraz qilish usullari, akademik yozuvda plagiatdan qochish yo‘llari hamda ilmiy manbalarda to‘g‘ri iqtibos keltirish zarurligi batafsil ko‘rib chiqilgan. Perifraz usullari sinonimlar orqali perifraz, gap tuzilishini o‘zgartirish, passiv va faol gaplar orasidagi almashish, mazmunni qisqartirish va kengaytirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Maqolada shuningdek, perifraz qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan onlayn vositalar haqida ham ma’lumot beriladi. Ushbu tadqiqot perifrazani lingvistik muammo sifatida o‘rganish, uni amaliy yozuvlarda samarali qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.