Том 1 № 1 (2025): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

SENTIMENT TAHLILIDA SO‘Z TURKUMLARINING ROLI

Botir Elov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Биография

Опубликован 2025-05-03

Ключевые слова

  • Sentiment tahlil, so‘z turkumlari, sifat (adjective), fe’l(verb), ravish (adverb), ot(noun), inkor konstruksiyalari, emotsional intensivlik, kontekstual elementlar, semantik tahlil, NLP.

Аннотация

Sentiment tahlilda soʻz turkumlarining roli matnning emotsional ulushini aniqlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Oʻzbek tilida bu jarayon tilning agglyutinativligi, morfologik murakkabligi va kodli almashish (rus/ingliz soʻzlari) kabi xususiyatlar tufayli yanada murakkablashadi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sifatlar (“ajoyib”, “yomon”) va ravishlar (“juda”, “ortiqcha”) toʻgʻridan-toʻgʻri sentimentni ifodalashda ustunlik qiladi, feʼllar (“yoqtirmoq”, “yomon koʻrmoq”) esa harakatning emotsional yoʻnalishini belgilaydi. Otlar (“zavq”, “qaygʻu”) koʻpincha abstrakt tushunchalar orqali bilvosita hissiyotni anglatadi. Inkor konstruksiyalari (“emas”, “yoʻq”) va bogʻlovchilar (“lekin”, “shuningdek”) kabi elementlar sentimentni teskariga oʻzgartirishi yoki nuanslarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu maqolada sifat, fe’l, ravish va ot kabi asosiy so‘z turkumlarining matnning hissiy mazmunini aks ettirishdagi ahamiyati hamda ularning semantik xususiyatlari yoritildi. Tadqiqotda leksikon asosidagi metodlar va mashinali o‘qitish yondoshuvlari yordamida so‘z turkumlarining aniqligi va to‘liq aks ettirilishini ta’minlash zarurligini isbotlandi. Shuningdek, inkor va salbiy konstruksiyalar, bog‘lovchilar va kontekstual elementlar yordamida matnda ifodalangan hissiyotlarning murakkab o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Ushbu yondashuv tilning murakkab semantik va morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, sentiment ifodalarining nozik tafsilotlarini aks ettirish imkoniyatini beradi. Eksperimental natijalar, so‘z turkumlari asosida ajratilgan xususiyatlarning sentiment tahlilda yuqori samaradorlikka erishish uchun asosiy omil ekanligini tasdiqlaydi. Maqola sentiment tahlilida so‘z turkumlarining roli va ularning integratsiyalashuvi asosida innovatsion metodologik yechimlarni taklif etib, kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.