Том 1 № 1 (2025): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

KNN-ALGORITMI YORDAMIDA SO‘Z MA’NOSINI ANIQLASH (sifat so‘z turkumi misolida)

Xolisa Axmedova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti
Биография

Опубликован 2025-05-03

Ключевые слова

  • So‘z ma’nosini aniqlash, tabiiy tilga ishlov berish, omonim, mashinali o‘qitish, KNN

Аннотация

Kompyuter lingvistikasi sohasining muhim vazifalaridan biri so‘z ma’nosini aniqlashdir. So‘z ma’nosini aniqlash atamasi negizida semantik tahlil elementlari aniqlash masalasi yetakchilik qiladi. Bu elementlar omonim, polisemantik, polifunksional so‘zlar, nomlangan obyektlarni tanib olish (NER) meronim, holonim so‘zlardir. Avtomatik semantik tahlilni amalga oshirish turlicha yondashuvlarni talab qiladi. Zamonaviy yondashuvlardan foydalanish yuqori aniqlikka erishishni ta’minlaydi. Ana shunday yondashuvlardan biri Mashinali o‘qitish yondashuvi bo‘lib, bu yondashuv algoritmlari uchta guruhga bo‘linadi: Nazorat ostida o‘qitish, nazoratsiz o‘qitish, yarim nazorat ostida o‘qitish algoritmlari. Ushbu maqolada nazorat ostida o‘qitish algoritmlaridan bir KNN algoritmi yordamida omonim so‘zlarni semantik farqlash ketma-ketligi keltirilgan.