Опубликован 2026-05-30
Ключевые слова
- nutqiy aktlar nazariyasi, kinoya, sarkazm, pragmatika, multimodal diskurs, tabiiy tilni qayta ishlash(NLP).
Аннотация
Maqola kinoya va sarkazmning nutqiy aktlar nazariyasidagi o‘rni, kommunikativ vazifalari hamda ularni pragmatik jihatdan tahlil qilishning zamonaviy usullarini tahliliga bag’ishlangan. Sarkazm faqatgina ijobiy so‘zni salbiy ma’noda ishlatish degani emas, balki u matn ostida yashirin ma’noni ifodalovchi murakkab jarayon bo‘lib, uni anglash uchun suhbatdoshlar o‘rtasidagi avvalgi muloqot va umumiy vaziyatga tayanish kerak. Kinoya va sarkazm ko‘pincha so‘zma-so‘z ma’noga mutlaqo zid bo‘lgan yashirin niyatni ifodalaydi va u mazah qilish yoki tanqidni yumshatish kabi ijtimoiy-pragmatik vazifalarni bajaradi. Tadqiqot kinoya va sarkazm qanday maqsadda ishlatilishi va u odamlarga qanday ta’sir qilishini zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida tushuntirib berishdan iborat. Maqolada xorijiy olimlarning sun’iy intellekt (CNN, LSTM, BERT) yordamida olib borilgan so‘nggi tadqiqotlari o‘rganildi va o‘zaro taqqoslandi.