Том 1 № 1 (2026): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

O‘ZBEK TILIDA FEYK VA MANIPULYATIV AXBOROTNI ANIQLASHDA FEVER VA LINGVISTIK MARKERLAR ASOSIDAGI GIBRID YONDASHUV

Опубликован 2026-05-31

Ключевые слова

  • feyk va manipulyativ axborot, FEVER, gibrid yondashuv, lingvistik markerlar, sath, gibrid model, o‘zbek tili.

Аннотация

Global axborotlashuv va raqamli kommunikatsiyalar rivojlangan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeri orqali manipulyativ va feyk axborotlarning keng tarqalishi milliy axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi bunday xabarlarni avtomatik aniqlash samaradorligini oshirish maqsadida FEVER (Fact Extraction and VERification) metodologiyasini lingvistik markerlar bilan sintez qilishga asoslangan yangi gibrid yondashuv taklif etiladi. Tadqiqot davomida klassik faktcheking tizimlarining agglyutinativ tillardagi, xususan, o‘zbek tilidagi morfologik va sintaktik cheklovlari tahlil qilinib, muammoni hal etish uchun morfologik, leksik, sintaktik va pragmatik sathlardagi manipulyativ indikatorlarni hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan model axborotning haqqoniyligini nafaqat tashqi manbalardagi dalillar (evidence) asosida, balki matnning ichki stilometrik xususiyatlari orqali ham baholaydi. Maqolada manipulyatsiya indikatorlarining iyerarxik tasnifi ishlab chiqilgan va "UzFEVER" milliy korpusini shakllantirish bo‘yicha kengaytirilgan annotatsiya sxemasi bayon etilgan. Tadqiqot natijalari faktologik verifikatsiya va lingvistik markerlar integratsiyasi dezinformatsiyani topish aniqligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Mazkur gibrid yondashuv raqamli media muhitini sog‘lomlashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.