Том 1 № 1 (2026): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

KORPUS TAHLILI ASOSIDA O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI HARAKAT FE’LLARINING GRAMMATIK VALENTLIK TAHLILI (KELMOQ VA COME FE’LLARI MISOLIDA)

Опубликован 2026-05-31

Ключевые слова

  • Grammatik valentlik, monovalent fe’llar, bivalent fe’llar, argument strukturasi, harakat fe’llari, semantik rol.

Аннотация

Mazkur tadqiqotda oʻzbek tilidagi kelmoq va ingliz tilidagi to come fe’llarining grammatik valentlik xususiyatlari korpus asosida qiyosiy tahlil qilindi. Britaniya Milliy Korpusi (BNC) va Leipzig multilingual korpusi materiallariga asoslangan holda, ushbu fe’llarning real nutqdagi qoʻllanilishi empirik jihatdan oʻrganildi. Tahlil natijalari har ikkala fe’lning monovalent xususiyatga ega ekanligini, ya’ni faqat bitta majburiy argument — ega (Agent/Mover) bilan bog‘lanib kelishini koʻrsatdi. Shuningdek, joy, vaqt va usul kabi komponentlar ixtiyoriy boʻlaklar sifatida qatnashishi, lekin valentlik tarkibiga kirmasligi, gapning mazmuniga katta ta’sir koʻrsatmasligi aniqlandi. Ushbu tadqiqotda fe’llarning orttirma nisbat shakllari orqali valentlik darajasining oshish jarayoni ham tahlil qilindi.  Olingan natijalar grammatik valentlik nazariyasining asosiy tamoyillari real til materiallari asosida tasdiqlanishini ko‘rsatdi hamda tilshunoslik, til o‘qitish va korpus lingvistikasi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini yoritishga qaratildi.