Том 1 № 1 (2026): КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ
Статьи

PARALLEL KORPUS UCHUN O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI PAREMIYALARI BAZASINI TUZISH TAMOYILLARI

Опубликован 2026-05-31

Ключевые слова

  • paremiya, maqol, matal, hikmatli so‘z, parallel elektron baza, parallel korpus, ekvivalentlik, semantik mezon, struktur mezon, pragmatik mezon, lingvomadaniy mezon, annotatsiya, qiyosiy paremiologiya, korpus lingvistikasi.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillari paremiyalarining parallel elektron bazasini yaratishning nazariy va amaliy tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda paremiya tushunchasining mazmun doirasi aniqlanib, o‘zbek tilidagi maqol, matal, hikmatli so‘z kabi birliklar hamda ingliz tilidagi proverb va saying tipidagi ifodalarning o‘zaro munosabati qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Parallel elektron bazaga birliklarni tanlash va kiritishda saralash, semantik, struktur, pragmatik, lingvomadaniy hamda annotatsion mezonlarning muhimligi asoslangan. Shuningdek, paremiya juftliklarini yagona identifikator asosida bog‘lash, ularning ekvivalentlik darajalarini belgilash, variantlarini va qo‘llanish kontekstlarini qayd etish zarurligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada o‘zbek va ingliz tillari paremiyalarining parallel elektron bazasi uchun ko‘p maydonli tavsif modelini qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari qiyosiy paremiologiya, tarjimashunoslik, leksikografiya va korpus lingvistikasi uchun ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.