Опубликован 2026-05-31
Ключевые слова
- o‘zbek tili tarixi, avtomatik davrlash, kompyuter lingvistikasi, NLP lingvistik markerlar.
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik davrlashning (periodizatsiyaning) lingvistik va algoritmik muammolari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida qadimgi turkiy, eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tili bosqichlarini farqlovchi leksik, morfologik va orfografik indikatorlar tahlil qilingan. Shuningdek, matnlarni xronologik tasniflashda zamonaviy kompyuter lingvistikasi usullari, jumladan, mashinali o‘rganish va neyron tarmoqlar (NLP) modellarining samaradorligi ochib berilgan. Olingan natijalar o‘zbek milliy korpusini takomillashtirish hamda tarixiy qo‘lyozmalarni raqamli identifikatsiya qilish tizimlarini yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.